O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 19-martdagi 03/29-1/25-490-sonli topshiriq xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining 2024-yil 1-martdagi 11a-21-son bayoni (VM-27/24-11a-21-son, 01.03.2024y.) qarorining 5-bandiga muvofiq, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024 o’quv yilida oliy va professional ta’lim muaassasalariga bazaviy (oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan) to‘lov-kontrakt asosida o’qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o’qishi ko’chirilgan (ko’chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun bir yillik to’lov-kontrakt qiymatining 50 foizi miqdoridagi to’lovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024-yilning 10-apreli etib belgilandi.