Hindiston elchixonasi bosh konsuli Sitesh Kumar hamda Hindiston madaniyat markazi vakillari boshchiligidagi delegatsiya Namangan muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurishdi.
Mehmonlarni institut rektori O.Mamatkarimov kutib oldi.
Dastlab ikki tomonlama muzokalar olib borildi. Unda elchixona va institut oʻrtasidagi xalqaro madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, turli xorijiy loyihalarga xujjat topshirish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik chora-tadbirlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olindi.
Hozirgi kunda Namangan muhandislik-texnologiya instituti Hindistonning 10 dan ortiq universitetlari bilan hamkorlik qilib keladi, Sitesh Kumar buni e’tirof etib, yanada koʻproq nufuzli universitetlar oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha katta qiziqish bildirayotganini ta’kidladi. Institut rektori ham oʻz takliflarini aytib, institut vakillari hamkorlik uchun doimo tayyor ekanligini bildirdi.