Namagan muhandislik-texnologiya instituti talaba-qizlari oʻrtasida, institut «Umid» sport klubi bilan hamkorlikda «Quvnoq startlar» nomli o’yinlar estafetasi oʻtkazildi.
Musobaqada talaba-qizlar sportning to’siqlar orasidan oʻtib, to’pni savatga tashlash, arqon tortish hamda sardorlar bahsi turlari boʻyicha oʻzaro bellashdi.



So’nggi natijalarga koʻra, 1-o’rinni Kimyo texnologiya fakulteti, 2-o’rinni Muhandislik-texnologiya fakulteti, 3-o’rinni esa Iqtisodiyot fakulteti talaba qizlari qo’lga kiritdilar. G’oliblar diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
NamMTI Axborot xizmati
Kanalga ulanish @nammtiuz