Namangan muhandislik-texnologiya institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi va Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlab “The heritage of Navoi and Babur is an incomparable spiritual treasure” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni institut rektori O.Mamatkarimov kirish so‘zi bilan ochib, buyuk ajdodlarimizning shonli tarixi haqida to‘xtalib o’tdi.
Shuningdek, boburshunos va navoishunos mahalliy va xorijiy professorlar, shu jumladan, Hindiston elchixonasi bosh konsuli – Janob Rajaeev Gosvami, Javaharlal Neru universiteti professori Akhlaq Akhan hamda Qirg’iziston Respublikasi O’sh Davlat Universiteti professorlari ishtirok etib, Bobur va Alisher Navoiyning hayoti va ijodi bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqod ishlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berdilar.
Shuningdek, institutning bir guruh iqtidorli talabalari tomonidan ruboiy va g‘azallar o‘qildi.
NamMTI axborot xizmati