Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan institutning Kimyo-texnologiya fakultetida “Navoiyni anglash – ma’naviyatni anglashdir!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiyning g‘azal va ruboiylari bilan boshlandi. Shundab so’ng Navoiy ijodining betakror jihatlari, ulug‘ mutafakkirning yuksak insoniy fazilatlari xususida fakultetning “Kelajak bunyodkorlari” talabalar teatr studiyasi tomonidan sahna ko`rinishlari namoyish etildi.
Shuningdek, mutafakkir adibning hayoti va ijodi bilan bog‘liq viktorina savollarga javob bergan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
©️NamMTI Axborot xizmati