Gender tengligi haqida

Gender tenglik haqida

Maʼlumki, 2019 – yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida” Oʼzbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi oʼrniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida maʼqullangandi. Quvonarli tomoni shundaki, ming yillardan buyon jamiyatda ayol va erkak oʼrtasidagi tengsizlik va uni hal etish masalasi hamisha dolzarb boʼlib kelgan huquqiy munosabatlarning nechogʼlik dolzarbligiga qaratilgan qonundir. Shu munosabat bilan, 2023 yil 17-fevral kuni Muhandislik texnologiya, Avtomatika va energetika, Iqtisodiyot, Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari texnologiyasi fakultetlari dekan maslaxatchilari va institut Xotin – qizlar Kengashi raisi tomonidan “Gender tenglik” va “Oilada zoʼravonlikka qarshimiz” mavzulari boʼyicha tadbir tashkil etildi. Tadbirni: Institut Xotin-qizlar masalalari boʼyicha Kengash raisi: Xusanova Onoraxon G‘aybullayevna tomonidan ochib berildi.

OLIMALAR VA TADBIRKOR AYOLLAR BILAN UCHRASHUV

Namangan muhandislik-texnologiya institutida xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan Professor va talaba-qizlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Ilm – fan sohasida yutuqlarga erishgan ayollarning o‘rni beqiyos ekanligini inobatga olib, olima xotin – qizlarimiz hamda oxirgi paytlarda ilmiy izlanishlar borasida faollik ko‘rsatayotgan xotin-qizlarimiz bilan talaba qizlarning uchrashuvlarini tashkillash oqibqtida iqtidorli va bilimga chanqoq talaba qizlarimiz davlat stpendiyalariga, jumladan Prezident stipendiyasi, I.Karimov nomidagi stipendiya, Ibn Sino stipendiyasi, Beruniy nomli davlat stipendiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi nomdar stipendiyalari, hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun tinmay xarakat qilmoqdalar. O‘zbekistondagi atoqli olim va olimalarning stipendiyalari g‘oliblari bo‘lishga bo‘lgan qiziqishlarini ortirish maqsadida olima ayollar bilan uchrashuvlarni muntazam tashkillab kelmoqdamiz.

 Jumladan: Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining Namangan viloyati saralash bosqichi oʻtkazilgan edi. Unda 100 lab qizlar dan 10 dan ortiq qizlar saralab olindi!

Institutimizning eng iqtidorli talabalari Abdulboqiyeva Gulchehra va Akramova Kamila Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining Respublika bosqichida qatnashishmoqda.

Undan tashqari institutda ta’sis etilgan rector stependiyasi-23 tanlovi g‘oliba qizlarimizni borligi yanada quvonarli.

HAMKOR TASHKILOT VAKILLARI HAMDA TALABA QIZLAR UCHRASHUVI

Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Dinara Yakubova Namangan muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurib, institutda talaba qizlar, ayol-o‘qituvchilar hamda ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishgan jarayonidagi foto lavxalar.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslaxatchisi O.Xusanova va xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari tashabbusi bilan ayollar oʻrtasida sportning stol tennisi, voleybol va shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Talaba qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida muntazam ravishda turli psixologik o‘yinlar va sport musobaqalari tashkillab kelinmoqda.

Xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, talaba qizlarni tibbiy va huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan hamkor tashkilot vakillari bilan birgalikda tadbirlar davomli ravishda amalga oshirib kelinadi.

Xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilish, ularning oliy taʼlim olishiga boʻlgan qiziqishlarini va huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida “Siz yangi qonunni bilasizmi?” mavzusida “Huquqiy bilimlar – ayol qadri himoyasida” viktorinasi tashkil etildi.

YOLG‘IZ KEKSA ONAXONLARNI YO‘QLASH

Imkoniyati cheklangan-nogironligi bo‘lgan, Ayollar daftarida, Yoshlar daftarida turgan talaba qizlarga moddiy-ma’naviy ko‘mak berib boriladi.

TALABALAR TURAR JOYLARIGA TASHRIF

TALABA QIZLARNI OILAGA TAYYORLASH VA TO’GARAKLARDAGI ISHLAR

PAZANDACHILIK TO’GARAGI

TALABALAR TURAR JOYIDAGI “CHEVARCHILIK TO‘GARAGI”

MOHIR QO‘LLAR TO‘GARAGI

Milliy qadriyatlarimizga asoslangan milliy liboslar forumi o‘tkazildi.

“14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi munosabati bilan “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda qizlarimiz o‘z chiqishlari bilan faol qatnashishdi.

Institutning “Talabalar turar joyiga” Davlatobod tuman hokimining o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Dilrabo Nabiyeva tashrif buyurdi. Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talaba-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Dinara Yakubova Institutning 1-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talaba-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan musiqa, rassomlik, fitnes xonalaridagi yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Shundan soʻng, Dinara Yakubova talaba-qizlar bilan muloqot oʻtkazdi.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunlo tashkil etish uchun tashkil etilgan iqtidorli talaba kuni  iqtidorli talabalar o‘z iqtidorlarini namoyish qilish jarayonidan foto lavxa

Talaba qizlarning ijara xonadonidan xabar olib, ularni qishki tayyorgarligi va shart sharoitlarini yakindan urganib chikildi. Yongin xavfsizligi xodimi Musayev Akmal Mamajonovich uz kursatmalarini bergan jarayonidan foto lavxa

Fantexnika taraqqiyotida xotinqizlarning orni mavzusida otkazilgan tanlovdan foto lavxalar

Institut administratsiyasidan E’lon!

Hurmatli talaba-qizlar, opa-singillar!

Agar siz ta’lim olayotgan yoki mehnat qilayotgan oliygoh, professional ta’lim muassasasida sizga nisbatan biron-bir koʻrinishda tegajogʻlik, tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etilgan boʻlsa, yoxud ana shunday nojoʻya xatti- harakatlar tahdidi ostida boʻlsangiz yoki guvohi boʻlgan boʻlsangiz, hech ikkilanmay Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1006 ishonch telefoniga yoki  @himoya_otv_bot  ga murojaat qiling!
Shaxsingiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Sizga zarur boʻlgan barcha yordam koʻrsatiladi, nojoʻya xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik, sodir etilgan har bir holat boʻyicha qat’iy choralar koʻrilishi ta’minlanadi.
Oliy, oʻrta maxsus va professional ta’lim tizimida sogʻlom ma’naviy muhitni shakllantirish, muhtarama ayollarimizning, aziz opa-singillarimizning sha’ni, qadr-qimmati, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vazirligimiz uchun ustuvor ahamiyatga egadir.

Translate »