Namangan muxandislik-texnologiya institutida Namangan viloyati Milliy gvardiya qoʻriqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kamondan oʻq otish” toʻgaragi faoliyat yuritib kelmoqda.
Talabalar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida talabalar katta qiziqish bilan mashgʻulotlarda ishtirok etishmoqda.
Shunday amaliy mashgʻulotlar va tajriba almashish hamda katta musobaqalarga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida toʻgarak aʼzolari turnirlarda ishtirok etib kelmoqda.
Toʻgarak rahbari iqtisodiyot fakulteti tyutori Sh. Sharopov tomonidan amaliy uchrashuvlarni tashkil etish yuzasidan bir qator chora tadbirlar tatbiq etilmoqda.
©️NamMTI Axborot xizmati