Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yil 5 fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalarga bag’ishlandi.
Kengash yig’ilishida Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori professor Odiljon Mamatkarimov ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar mohiyatiga qaratilgan fikr va mulohazalarini bildiryapti.
Tanqidiy ruhda oʻtayotgan yigʻilishda institut rektori har bir yoʻnalishga toʻxtalib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriq bermoqda.