Institut rektori talabalar yashash sharoitlari bilan tanishdi

Institut rektori Odiljon Mamatkarimov 1-Talabalar turar joyi binosida istiqomat qilayotgan yoshlar yashash sharoitlari va to’garaklar faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli oʻtkazish, to’garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish, madaniyat va sportni targʻib qilish borasidagi hamda jinoyatchiliklarni oldini olish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar qanchalik samara berayotgani oʻrganildi.

Shuningdek, turar-joy tartib intizomiga rioya etish, oʻzaro hamjihat boʻlish, texnika xavfsizligi va sanitar qoidalariga muntazam amal qilish borasida muhim tavsiyalar berib oʻtildi.

Tadbir davomida institut rektori talabalar turar joyda istiqomat qiluvchi talabalar sharoitlarni yanada yaxshilash boʻyicha fikr va mulohazalarini tingladi. Berilgan takliflar boʻyicha turar joy mas’ullariga topshiriq hamda vazifalar belgilab berildi.

©NamMTI Axborot xizmati

Translate »