“Umumtexnika fanlari” kafedrasiga biriktirilgan Pop tumanida  joylashgan 3-sonli kasb-hunar maktabi bilan o’zaro hamkorlik doirasida uchrashuv

 

2024 yil 25 yanvarda “Umumtexnika fanlari” kafedrasi professor-o’qtituvchilari S.Baxriddinov, P.Maxsudov, X.Xuramova va Z.Jumanazarovalar kafedraga biriktirilgan Pop tumanida joylashgan 3-sonli kasb-hunar maktabi bilan o’zaro hamkorlik doirasida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida institut professor-o’qituvchilari tomonidan kasb-xunar maktabi o’qituvchilariga “Texnik chizmachilik” va “Texnikaviy mexanika” fanlari bo’yicha mahorat darslari o’tildi. SHuningdek, umumkasbiy va kasbiy fanlar o’qituvchilariga uslubiy tavsiyalar berildi, kafedra professor o’qituvchilari tomonidan so’nggi yilda chop etirilgan “Favqulodda vaziyatda fuqaro himoyasi”, “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanlaridan darslik va o’quv qo’llanma kasb-hunar maktabi axborot resurs markaziga foydalanish uchun topshirildi. Kasb-hunar maktabi bitiruvchi o’quvchilarini Namangan muhandislik-texnologiya institutida ta’limni davom ettirish uchun targ’ibot-tashfiqot ishlarini olib borishdi.

Shuningdek ta’lim muassasasini o’quv yilida amaldagi namunaviy va ishchi o’quv dastur va rejalari bilan tanishib, uslubiy tavsiyalarini berishdi va yangi o’quv yillari uchun ishlab chiqiladigan ishchi o’quv reja va dasturlarni ishlab chiqishda xamkorlini davom ettirishga kelishib olindi.

Pop tumanidagi 3-sonli kasb-hunar maktabiga hamkorlik tashrifidan lavhalar

Translate »