Namangan muhandislik-texnologiya instituti oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2024 yil uchun doktorantura, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik hamda stajor-tadqiqotchilik uchun qabul e’lon qiladi

T/rIxtisoslik shifri va nomiDScPhDStajyor-tadqiqotchi
 01.01.01 – Matematik analiz1
 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi1
 01.04.08 – Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika1
 01.04.10 – Yarimoʻtkazgichlar fizikasi41
 02.00.05 – Tsellyuloza va sellyuloza-qogʻoz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi1
 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar2
 02.00.07 – Kompozitsion, lokboʻyoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi1
 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi111
 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi141
 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi14
 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi121
 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari2
 02.00.17 – Qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulot-lariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasi va biotexnologiyasi14
 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish4
 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari16
 05.02.04 – Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish2
 05.03.02 – Metrologiya va metrologiya ta’minoti2
 05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar1
 05.05.04 – Sanoat issiqlik energetikasi1
 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari1
 05.06.01 – Toʻqimachilik va yengil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi2
 05.06.02 – Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish18
 05.06.03 – Teri, moʻyna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi1
 05.06.04 – Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni4
 06.01.09 – Oʻsimliklarni himoya qilish2
 06.01.11 – Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash4
 08.00.04 – Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti1
 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit1
 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit1
 08.00.13 – Menejment4
 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti14
 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik4

Doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (DSc, PhD) hamda stajor-tadqiqotchilikka kirishni xohlovchi talabgorlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi
304-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keying ta’lim to’g’risidagi” Nizomda keltirilgan quyidagi hujjatlarni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-5117-son Qaroriga muvofiq xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga tenglashtirilgan xorijiy sertifikatlarni elektron tarzda  
https://phd.mininnovation.uz/ sayti orqali 15-sentyabrdan 15-oktyabr (shu kuni ham) qadar taqdim etishlari kerak.

Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar uchun:

ariza;

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

*nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikat (OTFVI vazirligining 2023 yil 23-martdagi 65-son buyrug’i ilovasida keltirilgan ro’yxat asosida);

 * – falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lishi zarur.

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar uchun:

ariza;

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

** nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikat (OTFVI vazirligining 2023 yil 23-martdagi 65-son buyrug’i ilovasida keltirilgan ro’yxat asosida);

**- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lishi zarur

Doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihonlari 2022 yil 1 – 25 noyabr  kunlari o‘tkaziladi.

Tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikda o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik fani bo‘yicha kirish imtihonlari va suxbatlarda ishtirok etadilar.

Doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.

Murojaat uchun manzil: Namangan shahri, Kosonsoy ko‘chasi, 7-uy, 3-o’quv binosi, 4-qavat

Tel. +998943097790 (Shohruxmirzo Mahsudov)

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi.

Translate »