Turkuya Respublikasining Izmir shahrida joylashgan Ege universitetidagi boshqaruv, kredit-modul tizimi, ta’lim integratsiyasi bo‘yicha zamonaviy tajribalarni o‘zlashtirish maqsadida Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov boshchiligidagi delegatsiyamiz hamda Ege universiteti rahbariyati ishtirokida Izmir shahrida muloqot o‘tkazildi.
Unda Zoom platformasi orqali Namangan muhandislik-texnologiya institutining fakultet dekanlari, tegishli kafedra mudirlari va bir qator professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Muloqot davomida innovatsion loyihalarni amaliyotga tadbiq etish borasida ham fikrlar almashilib, hamkorlikda yangi loyihalarni bajarish bo‘yicha kelishib olindi.