Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov boshchiligidagi institut delegatsiyasi Karabuk universitetida tashkil etilgan Texnokent va Texnoparklar faoliyati bilan tanishdi.
Universitetda faoliyatini olib boradigan ushbu texnoparklarning qariyb 70% elektronika, maxatronika, kimyo, mashinasozlik va robotexnika faoliyatlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Texnoparklarning asosiy vazifasi talabalarning g‘oyalarini shakllantirish va amaliyotga tadbiq etishga ko‘maklashishdan iboratdir.
NamMTI rektori texnoparklar faoliyati bilan tanishish davomida prototip markazi, gidroponika, mikroelektronika va informatsion loyihalar markazini ham ko‘zdan kechirdi va Namangan muhandislik—texnologiya institutida ham bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi.