Namangan muhandislik-texnologiya institutiga o‘quv, ilmiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda talabalar akademik almashinuvi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida Qirg‘iz davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Azizbek Beksultanov tashrif buyurdi.
Xalqaro qabullar zalida o‘tkazilgan muloqot davomida mehmonlar bilan, institutimizning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Umarjon Meliboyev, Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Ma’rufjon Qayumov, Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor Oybek Ergashev hamda Iqtisodiyot fakulteti dekani Kamoliddin Matkarimov va mavjud kafedra mudirlari ishtirok etishdi. Unda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yangi loyiha va platformalarni ishga tushurish masalalari muhokama qilinib, hamkorlik shartnomalari imzolandi.