Ayni daqiqalarda Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov boshchiligidagi institut delegatsiyasi xalqaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Toshkent Xalqaro aeraportidan Istanbul shahriga uchib ketmoqda.
Ximat safari davomida Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash, xalqaro amaliy va fundamental loyihalarda ishtirok etish, ishlab chiqarish korxonalari bilan ta’lim tizimi integratsiyalarini muhokama qilish, xorijlik professor-o‘qituvchilarni Namangan muhandislik-texnologiya institutining o‘quv jarayonlariga jalb etish va Namangan muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilarni Turk oliy ta’lim muassasalarida dars o‘tishi jarayonlarini tashkil etish rejalashtirilgan.