BU UCHRASHUV ALOQALARIMIZNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQADI

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Irlandiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Brayan MakEldaf bilan ikki davlat oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimiz oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalinib, bugungi kunda O‘zbekistonda 30 ta nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari faoliyat yuritayotgani, Erasmus+, Tempus loyihalari doirasida ko‘plab Yevropaning yetakchi oliygohlari bilan ham faol aloqalar olib borilayotgani haqida ma’lumot berildi.


Tomonlar ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, tajribali irlandiyalik professor-o‘qituchilar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.  

Bu uchrashuv aloqaloqalarimizni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman. Biz faqatgina hamkorlikdan manfaatdormiz, – dedi Abduqodir Toshqulov.

So‘ng istiqboldagi rejalar xususida o‘zaro fikr almashinib, takliflar bildirildi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi, axborot va kimyo texnologiyalari, energetika, farmakologiya, avtomobilsozlik sohalarida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Translate »