Bugun AQSHning Toshkentdagi Bosh konsuli Robert Romanovski Namangan muhandislik-texnologiya institutiga qilgan tashrifi davomida institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari bilan uchrashib muloqot qildi.
Unda Amerika Qo‘shma Shatatlari elchixonasi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro grant tanlovlari, Amerikaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida talabalar almashinuvi dasturlarida ishtirok etish, professor-o‘qituvchilar uchun stajirovkalarni o‘tash bo‘yicha tushunchalari berildi. O‘z navbatida talaba-yoshlar konsuldan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.