Ayni daqiqalarda Namangan shahrida Alisher Navoiy nomidagi musiqali dramma va komediya teatrida viloyat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyasi” tanlovining Namangan viloyati bosqichi boshlandi.
Unda Namangan muhandislik-texnologiya institutining “Kelajak bunyodkorlari” jamoasi ham Nodira Rashidovaning “Usmon Nosir” sahna asari bilan ishtirok etmoqda.
Qur’a natijalariga ko‘ra vakillarimiz tanlovda 3-navbatda o‘z sahna asarlarini namoyish etishadi. Institutimizning yosh iqtidor egalariga omad tilaymiz!