Navro‘z bayrami munosabati bilan Namangan muhandislik-texnologiya institutining Kimyo texnologiya fakultetida «Qadriyat, urf-ofat, an’ana va talabalar!» festivali tashkil etildi.
Yoshlar sayliga aylanib ketgan bayramona ko‘rgazmalarda institut rektori Odiljon Mamatkarimov, barcha prorektorlar, rektor maslahatchilari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, bayram dasturlari davomida 7 ta qozonda osh musobaqasi, bahoriy va milliy taomlar ko‘rgazmalari tashkil etildi.
Navro‘zni, tinchlikni, go‘zallik va nafosatni tarannum etuvchi kuyu-qo‘shiqlar festivalga yana o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Insitut bo‘ylab bayram sayllari davom etmoqda.