Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti yig‘ilishlar zalida institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va tegishli bo‘lim boshliqlari ishtirokida faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va ularning ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni institut rektori Odiljon Mamatkarimov ochib, o‘z so‘zida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, mahallalalar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami haqida fikrlarini bidirdi.
Prorektorlar va fakultet dekanlari o‘zlariga biriktirilgan mahallalalar va umumta’lim maktablarida vakillar bilan uchrashib, ijtimoiy-ma’anaviy muhitni yaxshilash bo‘yicha istiqboldagi rejalarni belgilab olishlari takidlandi.