QO’SHMA KORXONALAR BILAN “KARYERA KUNI” TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 25- febral kuni Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Kimyo texnologiya” fakul’teti bitiruvchi kurs talabalari uchun  “Namangan don” Aj, “Ifoda agrokimyoximoya” qo’shma korxonalari bilan “Karyera kuni” tashkil etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, bugunning o‘zida har bir bitiruvchini aniq bir tashkilotga biriktirishni ta’minlash bilan birga, uning bo‘lajak ish joyi, ishlashi va ijtimoiy sharoitlarini aniq belgilash zarur.

Bugungi kunda Namangan muhandislik – texnologiya instituti “Marketing va talabalar amaliyoti” bo’limi tomonidan bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda keng ko‘lamli chora tadbirlar amalga oshirilayotganligi yosh mutaxassislarga katta imkoniyatlar yaratilmoqda.

2021/2022 o‘quv yili bitiruvchilari va asosiy ish beruvchilar o‘rtasida muloqotni tashkil etish maqsadida 2022 yil 25 febral kuni institutning asosiy Hamkor korxonalaridan bo’lgan “Namangan Don” AJ, “Ifoda agrokimyoximoya” qo’shma korxonasi vakillari ishtirokida korxonalarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘ldirish, Namangan muhandislik-texnologiya instituti bitiruvchilarini korxonaning mavjud ish o‘rinlariga tanlab olish yuzasidan suxbat o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvni o‘tkazishdan asosiy maqsad –Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlayotgan yosh mutaxassislarga “Namangan Don” AJ, “Ifoda agrokimyoximoya” qo’shma korxonasi ning mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar berish va korxonaning talabalarning bitiruv oldi amaliyotlarini korxonada tashkil etish va institut bitiruvchilarini ishga joylashtirishdan iborat.

Tadbirda “Namangan Don” AJ, kadrlar bilan ishlash, kasaba uyushma qumita raisi Qaxxorov Erkin, “Ifoda agrokimyoximoya” qo’shma korxona bosh texnologi Bektemirov Azizbeklar talabalarga korxonaning faoliyati to‘g‘risida, korxonaning mehnat va maishiy-madaniy sharoitlar, ish haqi miqdorlari haqidagi ma’lumotlar berishdi.“Namangan Don” AJ, “Ifoda agrokimyoximoya” qo’shma korxona vakillari ham bitiruvchilar bilan bevosita suhbat o‘tkazish,o‘zlariga zarur bo‘lgan kadrlarni ishga tanlab olish va o‘zaro manfatli shartnomalar va kelishuvlar rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Translate »