1994 yil 24 fevral kuni Norvegiyaning Lillexammer shahrida o‘tgan XVII qishki Olimpiya o‘yinlarida mustaqil O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘lgan.
Bundan 28 yil muqaddam butun O‘zbekiston bo‘ylab mazkur g‘alaba katta shodiyona bilan nishonlangan edi. Afsonaviy fristaylchimiz Lina Cheryazovaning ushbu oltin medali qishki Olimpiya o‘yinlarida yagonaligicha qolmoqda.
Ma’lumot uchun, birgina ushbu natija Lillexammer Olimpiadasida delegatsiyamizning Fransiya, Finlyandiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Niderlandiya kabi qishki sport turlarida yetakchi hisoblanmish davlatlardan umumjamoa hisobida yuqori o‘rinda turishimizni ta’minlagan edi.