Xabaringiz bor, Namangan muhandislik-texnologiya institutining 4-nafar talabalari Shariboyev Rahimjon Nosir o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Sultonov Shoxjaxon Rahmon o‘g‘li “Islom Karimov” nomidagi davlat stipendiyasi, Xaydarova Marjona Orifjon qizi hamda Ibragimov Muzaffar Ismonjon o‘g‘li “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lishgan edi.
Bugun institut ilmiy kengashi yig‘ilishida ushbu sovrindor talabalarimizga mazkur stipendiyalarining guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, sovrindorlarning ilmiy-rahbarlari va stipendiya tanlovining respublika bosqichida faol ishtirok etgan bir guruh talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi taklif kengash a’zolari tomonidan maqullandi.