OTM RAHBARLARI “SKOLKOVO” DASTURLARI ASOSIDA OʻQITILADI

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov “SKOLKOVO” boshqaruv maktabi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv Rossiyaning ushbu nufuzli taʼlim tashkiloti delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida tashkil etildi.

Unda dastlab tomonlar vazir A.Toshqulovning oʻtgan yil noyabr oyida Skolkovo fan va texnologiya institutiga (Skoltex) tashrifini mamnuniyat bilan yodga oldilar.

Shundan soʻng tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Xususan, Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish vazifalarini hisobga olgan holda, “Skolkovo” dasturlari asosida respublika oliy taʼlim muassasalari rahbarlari tarkibini oʻqitish yuzasidan hamkorlikda ishlash istiqbollari koʻrib chiqildi.

Maʼlumot uchun, ayni paytda Oʻzbekiston davlat tashkilotlarida hamda jamiyat hayotining turli sohalarida Skolkovo boshqaruv maktabining 30 nafar bitiruvchisi faoliyat yuritmoqda.

Manba: Axborot xizmati

Translate »