Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutiga xalqaro hamkorlik doirasida Turkiya Respublikasining “Necmittin Erbakan” universiteti vakillari tashrif buyurdilar.
Mehmonlarni institut prorektorlari qabul qildi. Rasmiy doiradagi muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida faol hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida o‘zaro manfaatli hamkorlik shartnomalari imzolandi. So‘ng, fakultet dekanlari va kafedra-mudirlari ishtirokida hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Yakunda mehmonlar vakillarimiz Turkiya Respublikasiga taklif qilib hamkorlikni mustahkamlashni taklif qilishdi.