Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutida Ochiq eshiklar kuni tadbirlari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar davomida Namangan shahridagi umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari Namangan muhandislik-texnologiya institutiga taklif etildi.
O‘quvchi yoshlar bilan uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Umarjon Meliboyev, Iqtisodiyot fakulteti dekani Kamoliddin Matkarimovlar ishtirok etib, institutda yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonlari va mavjud ta’lim yo‘nalishlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berishdi.
Shunindek, o‘quvchilar institutning diqqatga sazovor manzillari bo‘ylab sayohat qilishdi.