Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston voleybol federatsiyaga rahbar saylash masalasi ko‘rildi.
Unda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi rahbari lavozimiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov nomzodi ilgari surildi.
Abduqodir Xamidovich Toshqulov nomzodi bir ovozdan ma’qullanib, O‘zbekiston voleybol federatsiyasining prezidenti etib saylandi.
Vazirlik jamoasi Abduqodir Xamidovichni mazkur mas’uliyatli lavozim bilan qutlab, yurtimizda voleybol sport turini rivojlantirish va uni yoshlar orasida keng ommalashtirishdagi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.