Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Madaniy-tarixiy me’ros” xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan usta-xunarmandlar ishtirokida o‘tkazilayotgan ushbu yirik ko‘rgazmada O‘zbekistonning xunarmandchilik yo‘nalishidagi yagona vakili sifatida Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Dizayn” ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchisi Rustamjon Abdurahmonov ham ijodiy ishlari bilan qatnashmoqda.
Bizdagi Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rgazmada o‘zbek xunarmandchilik mahsulotlariga qiziqish juda katta. Mahalliy “Emireyts” telekanali ijodkorlari vakilimizning ko‘rgazmadagi ishtiroki haqida alohida reportaj tayyorlagan.
Shuningdek, Rustamjon Abdurahmonov joriy yilda AQSHning Texas shatatida bo‘lib o‘tadigan butun dunyo hunarmandlari festivaliga ham taklif etildi. Dubaydagi xalqaro ko‘rgazma davom etmoqda.