Davlatobod tumani mahallaridagi yoshlar ishlari agentligining vakillari Namangan muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurishdi.
Yoshlar vakillari bilan muloqot davomida institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Ma’rufjon Qayumov tumandagi barcha mahallalarda keng qamrovli loyihalarni tashkil etish bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.
Shuningdek, yoshlar vakillari o‘zlariga biriktirilgan mahallalardagi yoshlarni institutga sayohatlarini tashkil etishlari mumkinligi aytib o‘tildi.