Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish

2023 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda respondentlar so‘rovi quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:

1 — 5 noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholini ro‘yxatga olish (5 kun);

6 — 10 noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxatini shakllantirish (5 kun);

11 — 22 noyabr kunlari — aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholini ro‘yxatga olish (12 kun, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga asosan);

23 — 25 noyabr kunlari — har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganish (3 kun).

 Agar respondent yashab turgan xonadonida (joyida) ro‘yxatdan o‘tishni istamasa, ro‘yxatga oluvchi unga instruktorlik uchastkasiga borib ro‘yxatdan o‘tishni taklif etadi va uchastka manzilini beradi.

 Instruktorlik uchastkalari 2023 yil 1 — 22 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritadi.

 Ro‘yxatga olish uchastkasi xodimlari, instruktorlar va ro‘yxatga oluvchilar belgilangan tartibda maxsus guvohnoma, sumka, ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va kanselyariya buyumlari bilan ta’minlanadi.

Ro‘yxatga olish davrida instruktorlar (supervayzerlar) ro‘yxatga oluvchilar tomonidan so‘rov o‘tkazilgan respondentlar sonini kunlik nazorat qilib boradi.

Translate »