NamMTI professor-o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutining barcha fakultetlarida professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.

Institutda tashkil etilayotgan mazkur kurslar davomida professor-o‘qituvchilar kredit-modul tizimining ahamiyati, akademik va moliyaviy mustaqillikning shartlari hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish masalalarini muhokama qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘quv kurslari 24-yanvarga qadar belgilangan reja asosida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »