Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, bugunning o‘zida har bir bitiruvchini aniq bir tashkilotga biriktirishni ta’minlash bilan birga, uning bo‘lajak ish joyi, ishlashi va ijtimoiy sharoitlarini aniq belgilash zarur.
Bugungi kunda Namangan muhandislik – texnologiya instituti “Karyera” markazi tomonidan bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda keng ko‘lamli chora tadbirlar amalga oshirilayotganligi yosh mutaxassislarga katta imkoniyatlar yaratilmoqda.
2021/2022 o‘quv yili bitiruvchilari va asosiy ish beruvchilar o‘rtasida muloqotni tashkil etish maqsadida 2021 yil 17 dekabr kuni institutning asosiy Hamkor korxonalaridan biri “Namangan to‘qimachi” MChJ vakillari ishtirokida korxonaning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘ldirish, Namangan muhandislik-texnologiya instituti bitiruvchilarini korxonaning mavjud ish o‘rinlariga tanlab olish yuzasidan suxbat o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvni o‘tkazishdan asosiy maqsad –Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlayotgan yosh mutaxassislarga “Namangan to‘qimachi” MChJ ning mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar berish va talabalarning bitiruv oldi amaliyotlarini korxonada tashkil etish va institut bitiruvchilarini ishga joylashtirishdan iborat.
Tadbirda korxonaning mas’ul hodimlari talabalarga korxonaning faoliyati to‘g‘risida,korxonaning mehnat va maishiy-madaniy sharoitlar,ish haqi miqdorlari haqidagi ma’lumotlar berishdi.
“Namangan to‘qimachi” MChJ vakillari ham bitiruvchilar bilan bevosita suhbat o‘tkazish,o‘zlariga zarur bo‘lgan kadrlarni ishga tanlab olish va o‘zaro manfatli shartnomalar va kelishuvlar rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.