Rasmiy doiradagi uchrashuvda Erasmus+ loyihasi vakillari va ekspertlari ishtirok etishdi. Institut rektori Odiljon Mamatkarimov mazkur loyiha doirasidagi har qanday tadbirlar, seminarlarga mezbonlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Mehmonlar Erasmus+ loyihasining yangi e’lon qilingan tanlovlarida institut jamoasi faol ishtirok etayotganidan minnatdor ekanliklarini bildirishdi.
Rasmiy muzokaralar yakunlangach, institutning yig‘ilishlar zalida Erasmus+ loyihalarida ishtirok etish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida seminar-trening boshlandi.