Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz, g‘ururimiz

Yengil sanoat texnologiyasi fakultetida “Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz, g‘ururimiz” shiori ostida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Davlat ramzlari hamisha muqaddas sanalgan. Chunki u xalqning o’tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach, eng avvalo, davlatimiz ramzlari tasdiqlandi. 1991 yil 18 noyabr xalqimiz yodida o‘chmas va qutlug‘ sanalardan biri bo‘lib qoldi. Shu kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etadi. O‘zbekiston farzandlari qaerda bo‘lmasin, qanday natijalarga erishmasin, Vatan bayrog‘ini ardoqlaydi. Chunki bayroq – hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzidir! Davlatimiz bayrog‘ining 30 yilligi munosabati bilan Namangan muxandislik-texnologiya instituti Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti talabalari o‘rtasida “Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz, g‘ururimiz” shiori ostida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda fakultetning bir qator iqtidorli talabalari o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etishdi.

Translate »