Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vaziri Abduqodir Toshqulov tomonidan 2021 yil 28 oktyabr kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishila belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti dekani J.Ergashev va fakultening yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Maxmudovlar kafedralar kesimida professor-o’qituvchilar va fakultetga biriktirilgan tyutorlar bilan davra suxbatlari tashkil etishdi. Ushbu yig’ilishda tyutorlar faoliyati to’g’risida batafsil to’xtalib o’tildi. Shuningdek talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida kafedralar qoshida tashkil etilgan fan, sport, kasb to’garaklarini faoliyatlarini tubdan yaxshilash va to’garaklarda talabalarni barchasini qamrovini tashkil etish masalalari ko’rib chiqildi. Talabalarga yashash va ijara xonadonlarida yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, is gazidan zaharlanishlarining oldini olish, is gazidan zaharlanish bilan bog’liq vaziyatlar, ularning kelib chiqishining asosiy sabablari to’g’risida talabalar o’rtasida targ’ibot ishlarini tashkil bo’yicha ko’rsatmalar berib o’tdi