Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Т.66.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash tomonidan Imomqulov Shuxratjon Boqijanovichning “Jin arrasi ishchi yuzasining konstruksiyasini takomillashtirish hisobiga ishlash samaradorligini oshirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiya ishi himoyasi va Safarov Nazirjon Muhammadjonovichning “Paxta xomashyosi uchun quyoshli-quritish qurilmasi issiqlik manbaining usuli va uskunasini yaratish” mavzusidagi texnika fanlari doktori (DSc) dissertasiya ishlarining himoyasi 2021 yil 26- iyul soat 09:00 da o‘tkazilishi belgilangan.