“TARJIMA VA TIL TARAQQIYoTI: TEXNIK TARJIMA VA TILNING TAKOMILLAShUVIDA TARJIMANING ROLI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

“2021 yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan halqaro va respublika miqyosidagi ilmiy hamda ilmiytexnik anjumanlar reja”siga muvofiq joriy yilning 29 may kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Tarjima va til taraqqiyoti: texnik tarjima va tilning takomillashuvida tarjimaning roli” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish rejalashtirilgan. Anjumanga quyidagi sho‘balar bo‘yicha maqolalar qabul qilanadi:
Til taraqqiyotida tarjimaning o‘rni;
Tarjimaning pragmatik va lingvokulturologik jihatlari;
Til, adabiyot va tarjimaning uzviy bog‘liqligi;
Chet tilini o‘qitishning inovatsion usullari va ularning til o‘rgatishdagi ahamiyati;
Turli sohadagi fanlarni chet tilda o‘qitish mahoratini rivojlantirish;
Texnikum, akademik litsey va o‘rta maktablarda chet tili o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari

Translate »