Namangan muhandislik-texnologiya instituti Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti “Dizayn” kafedrasi tomonidan Namanganda 2021 yilda 60-xalqaro Gullar bayramini keng nishollash maqsadida “Nafosat, go‘zallik jo bo‘lgan gullar shaxri Namangonim”shiori ostida rasmlar va milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
2021 yil 22 may kuni Namanganda 60 xalqaro “Gullar bayrami”ni ko‘tarinki ruxda nishollash, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularni qobiliyatlarini namoyish qilishga ko‘maklashish maqsadida institutning Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti talabalari o‘rtasida “Gullar jilosi” mavzusida rasmlar tanlovi, shuningdek “Nafosat va go‘zallik” shiori ostida liboslar namoyishi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Dastlab rasmlar tanlovi o‘tkazilib g‘oliblar aniqlab olindi. Shundan so‘ng milliy va zamonaviy uslubda tikilgan liboslan namoyish etildi.
Albatta mazkur tadbir a’anaviy gullar bayramini keng nishollash, milliy liboslar san’atini rivojlantirish, ommabop darajaga olib chiqish, milliy liboslarning estetik qamrovini kengaytirish va milliylikni tarannum etishga xizmat qiladi.
Tadbir so‘ngida Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti dekani J.Ergashev tadbirni yaqindan tashkil etishga ko‘maklashgan “Dizayn” kafedrasi professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga o‘z minadorchiligini bildirdi.
Tadbir yakunida o‘z faolligi bilan ajralib turgan bir guruh talabalar institut rahbariyatining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
NamMTI Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti dekani J. Ergashev