Namangan muxandislik texnologiya instituti «Iqtisodiyot» fakulteti 1-bosqich talabalari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha joriy yilning 6-9 aprel kunlari «Dekan kubogi-2021» musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur kichik chemionatda fakultetdagi mavjud 1-bosqich guruhlarining jamoalari ishtirok etishdi.
Yakuniy natijaga ko‘ra, «Buxgalteriya xisobi va audit» ta’lim yo‘nalishi 11vu-20 guruh talabalari faxrli 1-o‘rinni, «Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishi 14u-20 guruh talabalari 2-o‘rinni, shu ta’lim yo‘nalishining 14vu-20 guruhi talabalari esa faxrli 3-o‘rinni egallashdi. «Dekan kubogi-2021» musobaqasi g‘olibi 11vu-20 guruhi talabalarini TABRIKLAYMIZ!



Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati