Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar bajarilmoqda.
Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda yoshlarni oliy ta’lim muassasalarigi jalb qilish maqsadida “Kimyo texnologiya” fakultetining “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi o‘qituvchilari dots. X. Qanoatov, dots A.Xamdamov, ass O‘.Nishonov va magistrantlar G.Aliyeva, S. Toshboyevalar ishtrokida Chust tumani “Mashxad qishlog‘i” ning 68-maktab xamda “Toshqo‘rg‘on qishlog‘i” ning 30-maktab bitiruvchi yoshlari o‘rtasida 2021 yil 11 mart kuni uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda kafedra mudiri dotsent X. Qanoatov so‘zga chiqib test jarayonlariga o‘zgartirish kiritalganligini, yangi o‘quv yilida 5 ta fandan test topshirishlarini va buning uchun tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidladi. Shundan so‘ng o‘quvchilar uchun tayyorlab borilgan tarqatma materiallari tarqatilib prezentatsiya namoyish etildi. Unda institutimizda mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi.
Uchrashuvda kafedra dotsenti A.Xamdamov xam so‘zga chiqib institutmizni xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan doimiy xamkorlik aloqalari o‘rnatilganligini va institutda “Xalqaro aloqalar” bo‘limi mavjudligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Xozirgi kunda institutitmizda Pokiston va Zambiya davlatidan talabalar o‘qiyotganligi va talabalarimizni xam xamkorlik aloqalari orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalariga magistratura bosqichini davom ettirishga yuborilayotganligini aytib o‘tdi.