Markaz va bo'limlar

Tezkor havolalar

Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash markazi

Salohidinova Mahliyo Nurmuhammad qizi

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kuni, 9:00-17:00

Markaz faoliyati

TIQQM intellektual mulk ob’ektlarining muhofazasi sohasida TIQQM xizmatlaridan foydalanuvchilarga axborot va ilmiy metodik yordam ko‘rsatish yo‘li bilan O‘zbekiston Republikasining innovasion salohiyatini oshirish maqsadida tashkil qilingan.

TIQQMning maqsadlari:

  • ixtirolar va foydali modellarga patentlar olish, shu jumladan RST prosedurasi bo‘yicha patentlarning xalqaro muhofazasini olish;
  • innovasion faoliyat bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va individual ixtirochilarga IMA va BIMTning patentli va patentsiz axborot resurslaridan, shuningdek boshqa axborot resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etish orqali ilmiy-texnik axborotdan, shu jumladan intellektual mulk sohasida ixtisoslashtirilgan ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish evaziga mamalakatning innovasion rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;
  • intellektual faoliyatni va uning natijalaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish;
  • intellektual faoliyatning huquqiy muhofazasining nazariyasi va amaliyoti hamda intellektual faoliyat natijalaridan foydalanishning aktual masalalari bo‘yicha ilmiy amaliy konferensiyalar, ta’limiy seminarlarni tashkil qilish, tayyorlash va o‘tkazish, shuningdek intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi asoslariga bag‘ishlangan ilmiy-metodik va axboriy materiallarni tarqatish yo‘li bilan jamiyatda innovasing faoliyatni tashviq va targ‘ib qilish;
  • huquqiy muhofaza olgan intellektal mulk ob’ektlarini yanada

tijoratlashtirish, shu jumladan ularning xalqaro bozorda olg‘a siljitish maqsadida texnologiyalar transferini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash.

Markaz va bo'limlar

Axborot texnologiyalar markazi | NamMTI
2020 yil

Translate »