Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Sanoat muhandisligi

Kafedra mudiri

Mamatqulov Orifjon Tursunovich

PhD, Texnika fanlari falsafa doktori

E-Mail:

Kafedra tarkibi

  • Safarov Nazirjon Muhammadjonovich – DSc., Professor
  • Kayumov Abdul-malik Hamidovich – DSc., Professor
  • Xidirov Shuhratjon Abdujabborovcich – PhD., Dotsent
  • Kabulov Muhammadali Ergashaliyevich – Dotsent
  • Usmonov Shuhratjon Kamoljonovich – PhD, Assistеnt
  • Xudoyberdiyev Abdukarim Absalomovich – katta o’qituvchi
  • Abduaxatov Mahmudjon Ma’rufjon o’g’li – Assistеnt
  • Ziyoviddinova Dilnoza – Kabinet mudiri

Kafedra tarkibi

“Sanoat muhandisligi” kafedrasi 2021 yil 16 dekabrda institut kеngashi qarori bilan tashkil etilgan bo`lib, kafеdrada hozirga kunda 60721400-Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha Rеspublikamizning ko`plab ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari uchun yetuk raqobatbardosh kadrlar tayyorlanmoqda.

05.02.07-Mashinasozlik mashinalari, apparatlari, agregatlari va qurilmalari ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga qabul kvotasi mavjud.

Tashkil qilingandan boshlab kafedrani Texnika fanlari falsafa doktori (PhD)Mamatqulov Orifjon Tursunovich boshqarib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafеdrada 2 nafar fan doktori (DSc), 3 nafar falsafa doktori (PhD), 1 nafar fan nomzodi dotsent, 1 nafar katta o`qituvchi, 1 nafar assistеnt, 1 nafar kabinеt mudiri faoliyat ko`rsatib kеlmoqdalar. Ilmiy salohiyat 75 foizni tashkil qiladi.

ILMIY-TADQIQOT VA O‘QUV-USLUBIY ISHLARI

2021-2022 o’quv yilida kafedrada 2 nafar PhD (Sh.Usmonov va A.Xudayberdiyev) dissertatsiya himoyasi rejalashtirilgan bo’lib. Kafedra o’qituvchisi Usmonov Shuhratjon texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedrada professor-o’qituvchilari tomonidan 2021-2022 o`quv yilida 20 dan ortiq ilmiy maqolalar, jumladan Scopus va Web of science ma`lumotlar bazasiga kirgan yuqori impakt faktorli ilmiy jurnallarda 5 ta, OAK e`tirof etgan xalqaro va rеspublika jurnallarida 10 dan ortiq ilmiy maqolalar, shuningdek 4 ta darslik, 1 ta o’quv qo’llanma, 1 ta monografiya, 10 ta dasturiy mahsulot uchun guvohnoma, 1 ta foydali modеl uchun patеnt, hamda 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy ishlar chop ettirilgan va kafedra tasarrufidagi 10 dan ortiq fanlar bo‘ycha o‘quv uslubiy majmualar yaratildi, ularning elektron variantlari institut ARM va ZIYONET saytiga joylangan.

Kafedra tasarrufida videomonitor bilan ta’minlangan 2 ta ma’ruza xonasi, 2 ta tajriba va amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun moslashtirilgan laboratoriya xonalari mavjud bo’lib, o’quv jarayonlariga tegishli zamonaviy jihozlar o’rnatilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bo‘yicha “Elektrogaspayvandchi” va “Kompyuterda modellashtirish”o‘quv kurslari tashkil qilinib, institutda ta’lim xizmatlarini yaratish va byudjetdan tashqari mablag‘ topish bo‘yicha sezilarli ravishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Shu bilan birga kafedra bir qator ishlab chiqarish korxonalari (Namangan To’qimachi Holding, Namangan home Textile, MEXMASH MCHJ, ART SOFT HOLDING MCHJ, Oqtosh textile MCHJ, Yandex XK) bilan muntazam ravishda hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Translate »