Usmonov Shuxratjon Kamoljonovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

“Arrali jinning ishchi kamerasi ko‘tarish-tushirish qurilmasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” mavzusida.           Usmonov Shuxratjon Kamoljonovichning 05.02.03 - «Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari» ixtisosligi bo‘yicha “Arrali jinning ishchi kamerasi ko‘tarish-tushirish qurilmasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.T.66.01...

Turkiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov xalqaro qabullar zalida Turkiyaning Sakarya universiteti professori Dr.Hakan Gullerni qabul qildi. Rasmiy muzokaralar davomida ikki oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarini hamkorlikda tashkil etish, professor-o‘qituvchilar uchun o‘zaro almashinuv dasturlarini joriy etish, o‘quv va ilmiy faoliyat bo‘yicha erishilgan natijalar...

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prezidentning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Prezidentimiz sog‘liqni saqlash muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash masalasiga to‘xtaldi. Jumladan 2022-2023 o‘quv yilidan: - tibbiyot oliygohlariga davlat grantlari asosida qabul kvotalari, hududlarda shifokorlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, maqsadli oshirib boriladi; - ftiziatriya, gematologiya, nefrologiya, pulmonologiya, psixiatriya, shoshilinch tibbiy yordam, laboratoriya ishi, yuqumli kasalliklar kabi 15 ta tor...

Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan ochiq muloqotidan:

Shavkat Mirziyoyev: — 60 foizi shaxsiy savollar. Nima uchun bu uchrashuv cho‘zildi? 85 foiz muammolar avval hal qilindi. Albatta, hammaning ham savolini birdaniga hal qilolmaymiz.  Bilim bilan, vaqt bilan yechiladi. “Yurtimizda go‘zal bahor nafasi kezib yurgan mana shu yorug‘ kunlarda – Navro‘zi olam arafasida tibbiyot sohasining jonkuyar vakillari bo‘lgan siz,...

Plastik va shisha idishlarda kartoshka yetishtirish texnologiyasi yo‘lga qo‘yildi

✔️ Namangan-muhandislik texnologiya instituti doktoranti Akmaljon Kamalov xalqimiz sevib iste’mol qiladigan kartoshka ustida bir necha tajribalarni o‘tkazmoqda. ?Tajribalar asosida plastik va shisha idishlarda kartoshka yetishtirish mumkinligi aniqlandi. Demak yilning istalgan davrida yurtimizda kartoshka yetishtirish imkoni yaratildi. ❗️Bu esa oziq-ovqat mahsulotlarini barqarorligi ta’minlashda ahamiyatga ega hisoblanadi https://youtu.be/hpw67wSzGu4

Avtomatika va energetika fakultetida bayram shodiyonalari!

Bugun yurtimizning barcha hududlarida, mahallalarda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab, milliy urf-odatlarimiz va anʼanalarimizni ifodalovchi marosimlarga boy boʻlgan sayllar oʻtkazilmoqda. Namangan muhandislik-texnologiya institutida davom etayotgan bayram sayllari ham chin ma'noda katta tantanalarga aylanmoqda. Bugun esa institutning Avtomatika va energetika fakultetida ham Navroʻz sayli o‘tkazildi. Saylda institut rektori Odiljon Mamatkarimov, barcha prorektorlar, rektor...

Kimyo texnologiya fakultetida Navro‘z bayrami keng nishonlandi

Navro‘z bayrami munosabati bilan Namangan muhandislik-texnologiya institutining Kimyo texnologiya fakultetida "Qadriyat, urf-ofat, an'ana va talabalar!" festivali tashkil etildi. Yoshlar sayliga aylanib ketgan bayramona ko‘rgazmalarda institut rektori Odiljon Mamatkarimov, barcha prorektorlar, rektor maslahatchilari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Shuningdek, bayram dasturlari davomida 7 ta qozonda osh musobaqasi, bahoriy va milliy taomlar...

Navro‘z bayrami arafasida Harbiy qismlarga sayohat tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Namangan muhandislik-texnologiya inistitutiti va mahalliy hokimliklar hamkorligida Navro‘z bayrami arafasida yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Harbiy sohaga qiziqishini yanada oshirish maqsadida Iqtisodiyot fakulteti tyutori Alisher Xoliqov tashabbusi bilan ajoyib sayohat tashkil etildi. “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha” shiori ostidagi tadbir Navro‘z...

Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari diqqatiga!

Namangan Muhandislik texnologiya instituti 2021-2022  o‘quv yilida bitiruvchi bakalavr va magistrlarni ishga taqsimlashga kirishganligini ma’lum qiladi. Joriy yilda institutni tamomlayotgan bitiruvchilarga turli korxona va tashkilotlardan buyurtmalar kelib tushgan. Bitiruvchilarni ishga taqsimlashda Respublikamizning barcha hududlarini qamrab olish, yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoji bor korxonalarning talablarini qondirish va bitiruvchilarga taqsimot jarayonida tanlash imkoniyatini...

AHOLINI RO’YXATGA OLISH HAR O’N YILDA O’TKAZILADI

Davlatimiz rahbari tomonidan “Aholini ro'yxatga olish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni imzolangan. Mazkur Qonun, aholini ro’yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O’zbekiston tarixidan o’rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo’q edi. Qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi...

Translate »