Markaz va bo'limlar

Tezkor havolalar

Magistratura bo’limi

Xusanova Onarxon G‘aybullayevna

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kuni, 9:00-11:00

Bo'lim faoliyati

Namangan muhandislik-texnologiya institutida magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirishni magistratura bo‘limi amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:

  • magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga;
  • ularga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilishga ko‘maklashish ;
  • o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • oliy ta’lim muassasalari barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • magistrlarni o‘qitish va ularni kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
  • magistrlar tayyorlash masalalarini taxlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.

Magistratura bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son qaroriga muvofiq  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan yuritadi.

Institutimizda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlar taxsil oladi:

  • Dizayn (turlari bo‘yicha)
  • Marketing (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha)
  • Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
  • To‘qimachilik va engil sanoat mashinalari hamda apparatlari
  • To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi (xom ashyo turi bo‘yicha)
  • Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash
  • To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)
  • Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi
  • Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi
  • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (maxsulotlar turlari bo‘yicha)
  •  Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari (ishlab chiqarish turi bo‘yicha)

Markaz va bo'limlar

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Translate »