Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni o‘qishga qabul qilish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori ijrosini ta’minlash hamda vazirliklar, idoralar va yirik xo‘jalik birlashmalarida oliy ma’lumotli kadrlar ulushini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2022-yil 1-maydan boshlab kuchga kiritilsin:

kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma beruvchi vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan har yili 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda tasdiqlash;

tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolarni har yili 20-iyuldan 10-avgustgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish;

oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi raisi buyrug‘i bilan tashkil etiladigan alohida suhbat komissiyasi tomonidan har yili 20-avgustdan 30-avgustgacha bo‘lgan muddatda tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazish;

suhbat natijalariga ko‘ra 100 ballik baholash mezoni bo‘yicha 55 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarni oliy ta’lim muassasasi rektorining (direktorining) buyrug‘i bilan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
  2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2021-yil 4-noyabr,

675-son

Qarorning to’liq matni

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi
2022/2023 o'quv yilida Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan fuqarolarni sirtqi ta’lim shakliga talabalikka qabul uchun savollar

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Яндекс.Метрика