Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Fizika

Kafedra mudiri

Usmanov Pazlitdin Nuritdinovich

F.-m.f.d., Professor

Kafedra tarkibi

  • Usmanov Pazlitdin Nuritdinovich — Kafedra mudiri, professor
  • Mamatkarimov Odiljon Oxundedayevich — Kafedra professori
  • Ikramov Rustam G‘ulomjonovich — Kafedra professori
  • Sultonov Ahmadjon Majidovich— F-m,f.n, kafedra katta o‘qituvchisi
  • Nuriddinova Mashxura Anvarbekovna — F-m,f.n, kafedra katta o‘qituvchisi
  • Abdukarimov Abdulaziz Abdubannoyevich — f.-m.f.b. PhD, kafedra katta o‘qituvchisi
  • Yusupov Elmurod Kuchkarboyoyevich — f.-m.f.b. PhD, Kafedra assistenti
  • Bozorov Xurshid Narzullayevich— Kafedra assistenti
  • G‘oyipova Nargiza Ziyobovna — Kafedra assistenti
  • Mirzaraimov Jahongir Zokirjon o’g’li— Kafedra assistenti
  • Boqiyev Sohib Baxtiyor o’g’li— Kafedra assistenti

Kafedra haqida

Kafedraning 11 nafar o‘qituvchilaridan 3 nafari fan doktori professorlar, 2 nafari fan nomzodlari, 2 nafari PhD, 4 nafar assistent bo‘lib talabalarga ta’lim berish bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedra mudiri professor P.N.Usmanov rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Sh.Nematjonov, A.Nishonov kabi shogirdlari bilan birgalikda respublika va xalqaro konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda. O‘zbekiston Respublikasi OAK ro‘yhatidagi va Scopus jurnallarda e’lon qilinmoqda. Jumladan: Professor P.Usmanovning shogirdi E.Yusupov DSc.02/27.02.2020.FM/T.110.01 raqamli Ilmiy kengash qoshida 01.04.08 – “ Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan Gadoliniy A=156,158,160 izotoplari rotasion holatlarining hossalari» mavzusi bo’yicha doktorlik dissertasiya (PhD) ishini 2022-yil 14-mart kuni muvofaqiyatli himoya qildi.

Kafedra professori Ikramov Rustamjonning rahbarligida  Mo‘minov Xurshidbek Adhamjon o‘g‘lining “Gidrogenizasiyalangan amorf yarimo‘tkazgichlarni spektral xarakteristikalari va elektron holatlari zichligining taqsimoti” mavzusidagi 01.04.10 – “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissetasiya ishini 04.03.2022 yilda himoya qildi.

P.N.Usmanov va kafedra pofessor-o‘qituvchilari himoyalarga tavsiya etilgan ko‘plab dissertatsiyalar uchun retsenziyalar bermoqdalar.

Kafedra professori Ikramov Rustam G‘ulomjonovich rahbarligida “Gidrogenizasiyalangan amorf yarimo‘tkazgichlarning optik yutilish koyeffitsiyenti spektral xarakteristikalari” bo‘yicha ham ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. M.Nuriddinova, X.Mo’minov, B.Sultonov, O.Xolmirzayev kabi shogirdlari bilan birgalikda respublika va xalqaro konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda. Ilmiy tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi OAK ro‘yhatidagi va Scopus jurnallarda e’lon qilinmoqda.

Malayziya davlatining “Dynamics of Excited States of Deformed Nuclei in Transuranium and Rare-Earth Regions (FRGS13-074-0315)” xalqaro grantida professor P.Usmanov ishtirok etmoqda. Kafedra qoshida 01.04.08 “Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi” bo‘yicha Sh.Nematjonov, A.Nishonov va 01.04.10 “Yarim o‘tkazgichlar fizikasi” mutahasisiligi B.O’ktamaliyev, B.Sultonov, O.Xolmirzayevlar doktoranturada o‘z ilmiy ishlarini davom ettirmoqdalar.

Kafedraning 2022-2023 o‘quv yildagi ilmiy salohiyat ulushi 64% tashkil qilmoqda. Kafedra a’zolari o‘z mavzulari bo‘yicha mustaqil ravishda ilmiy ishlarni amalga oshirmoqdalar va ularning natijalari tegishli sohaning ishlab chiqarish, fundamental va nazariy muammolarini yechishga katta amaliy yordam bermoqda.

Hamkorlik

Fizika kafedrasining hamkorlik aloqalari quyidagilardan iborat: Birlashgan Yadro Tadqiqotlar Instituti (Dubna, Rossiya), Malaya Universiteti (Malayziya), Malay Xalqaro Islom universiteti (Malayziya), O‘zR FA Yadro fizikasi instituti (Toshkent), Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan Davlat Universiteti bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Translate »