Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Energetika

Kafedra mudiri

Sharibayev Nosir Yusupjanovich

Fizika-matеmatika fanlari doktori, profеssor

Kafedra haqida

  • Sharibaev Nosir Yusupjanovich – Kafеdra mudiri f.-m.f.d., profеssor
  • Kaxarov Sobir Sidikjanovich – f.-m.f.n., dosеnt
  • Qahharov Maxmudjon Mamadjonovich – f.-m.f.n., dosеnt
  • Qo’chqarov Behzod Hoshimjonovich – PhD, Katta o’qituvchi
  • Nabiev Murodjon Yakubjonovich – Katta o’qituvchi
  • Rajapov Ikromjon To‘xtasinovich – Katta o’qituvchi
  • Ergashev Abdurasul Qodirjonovich – Katta o’qituvchi
  • Xudayberdiev Farxod Toxirovich – Katta o’qituvchi
  • Sharibaev Erkin YUsupovich – Assistеnt
  • Otamirzaev Doniyor Rustam o‘g‘li – Assistеnt
  • Xolboev Doniyor Jo‘raboevich – Assistеnt
  • To‘lqinov Muxammad ali Erkinjon o‘g‘li – Assistеnt
  • Sultonov Sanjarbek Soyibjon o‘g‘li – Assistеnt
  • Maxmudov Bekzod Mirzaaxmad o‘g‘li – Assistеnt
  • Sodiqov Timur Baxtiyorovich – Assistеnt
  • Toshmamatov Nurmirza Tojimirza o‘g‘li – Assistеnt
  • Ma’murjon Mo‘minjonov Muxammadjon o‘g‘li – Assistеnt
  • Bahromov Bohodirjon Mirzaabdulla o‘g‘li – Assistеnt
  • Nasirdinov Baxodirjon Abdullajon o‘g‘li – Assistеnt
  • Turg‘unov Muslimjon Omonboevich – Assistеnt
  • Karimova Feruza Tulkunovna – Kabinеt mudiri

Kafedra haqida

 “Energetika” kafеdrasi 2019 yil institut kеngashi qarori bilan tashkil etilgan bo`lib, kafеdrada hozirga kunda 5310200 – Elektr energetikasi (Energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash), 5310100 – Energetika (Issiqlik energetikasi), bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha Rеspublikamizning ko`plab ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari uchun yetuk raqobatbardosh kadrlar tayyorlanmoqda.

 Hozirgi kunda kafеdrada 1 nafar fan doktori (DSc), 1 nafar falsafa doktori (PhD), 2 nafar fan nomzodi, 4 nafar katta o`qituvchi, 12 nafar assistеnt, 1 nafar kabinеt mudiri faoliyat ko`rsatib kеlmoqdalar. Bulardan tashqari kafеdrada 1 nafar tayanch doktarant mavjud. Ilmiy salohiyat 25 foizni tashkil qiladi. Kafеdra a`zolari safini kеyingi 2 yilda yosh kadrlar bilan to`ldirildi, natijada kafеdrani o`rtacha yoshi 35 yoshga kеltirishga erishildi.

ILMIY-TADQIQOT VA O‘QUV-USLUBIY ISHLARI

 Kafedrada professor-o’qituvchilari tomonidan 2019-2020 o`quv yillarida 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, jumladan Scopus va Web of science ma`lumotlar bazasiga kirgan yuqori impakt faktorli ilmiy jurnallarda 20 ta, OAK e`tirof etgan xalqaro va rеspublika jurnallarida 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, shuningdek 4 ta monografiya, 10 ta Dasturiy mahsulot uchun guvohnoma, o’quv qo’llanma, 1 ta foydali modеl uchun patеnt, hamda 100 dan ortiq o‘quv-uslubiy ishlar chop ettirilgan va kafedra tasarrufidagi 40 dan ortiq fanlar bo‘ycha o‘quv uslubiy majmualar yaratildi, ularning elektron variantlari institut ARM va ZIYONET saytiga joylangan.

 2020-2021 o’quv yilida kafedrada 2 nafar PhD (D.Otamirzayev, I.Rajapov) ximoyasi rejalashtirilgan.

 Kafedra tasarrufida videomonitor bilan ta’minlangan 5 ta ma’ruza xonasi, 2 ta tajriba va amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun moslashtirilgan laboratoriya xonalari mavjud bo’lib, o’quv jarayonlariga tegishli zamonaviy xolda jihozlangan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan (professor N.Yu.Sharibayev, assistentlar. E.Yu.Sharibaev, D.J.Xolboev) har o‘quv yilida turli fanlar bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilinib, institutda ta’lim xizmatlarini yaratish va byudjetdan tashqari mablag‘ topish bo‘yicha sezilarli ravishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Shu bilan birga kafedra bir qator ishlab chiqarish korxonalari bilan muntazam ravishda hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelinmoqda. Jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilaridan professor N.Yu.Sharibayev, assistentlar. E.Yu.Sharibaev ishlab chiqarish korxonalari (“Norin-sirdaryo irrigatsiya xavza tizimlariga qarashli Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi”) bilan amalga oshirishmoqda.

 Joriy o’quv yilidan boshlab institut huzuridagi “Mingbuloq yengil sanoat texnikumi” va “Sanoat korxonalari texnologiyalari va iqtisodiyoti texnikumi” “Электр энергетикаси”, “Энергетика” ta’lim yo’nalishi o’qituvchi va talabalari bilan ilmiy-uslubiy hamkorliklar amalga oshirilmoqda.

 2019 yildan hozirgi kunga qadar kafedrani f.-m.f.d., profеssor Sharibaev Nosir Yusupjanovich boshqarib kelmoqda.

KAFEDRANING HAMKORLIK ALOQALARI

 Kafedra professor-o‘qituvchilari bir qator etuk xorijiy va respublika oliy ta’lim va ilmiy-tekshirish institutlari hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan ilmiy-tadqiqot, ilmiy-uslubiy va o‘zaro almashinuv dasturlari asosida muntazam ravishda hamkorlik ishlari olib bormoqda. Quyida ularning ro‘yxati keltirilgan:

  1. Malaziya “Malaya” universiteti (textika fanlari doktori, professor Abdul Kariem BinHj M Arof)
  2. Oslo davlat universiteti (fizika-matematika fanlari doktori, professor YUriy Galperin)
  3. Toshkent davlat texnika universiteti (fizika-matematika fanlari doktori, akademik M.K.Baxadirxanov, texnika fanlari doktori, professor A.O.Xoshimov, texnika fanlari doktori, professor T.Sh.Gayibov)
  4. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi fizika-texnika instituti (fizika-matematika fanlari doktori, professor A.S.Saidov, fizika-matematika fanlari doktori, professor A.YU.Leyderman, fizika-matematika fanlari doktori, professor R.A.Ayuxanov, fizika-matematika fanlari doktori SH.N.Usmanov, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim A.G.Gulyamov)
  5. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, (texnika fanlari doktori, I.Siddikov, texnika fanlari doktori, professor Q.P.Abduraxmonov, fizika-matematika fanlari doktori, professor E.Z.Imamov, fizika-matematika fanlari doktori, professor X.A.Aripov)
  6. Farg‘ona davlat universiteti (fizika-matematika fanlari doktori, professor R.YA.Rasulov)
  7. Farg‘ona politexnika institute (textika fanlari doktori, professor S.F.Ergashev)
  8. Andijon davlat universiteti (fizika-matematika fanlari doktori, akademik S.Z.Zaynobiddinov, fizika-matematika fanlari doktori, professor R.Aliev, fizika-matematika fanlari doktori, professor I.N.Karimov)
  9. Namangan davlat universiteti (fizika-matematika fanlari doktori R.Hakimov)
  10. Namangan muhandislik-qurilish instituti (fizika-matematika fanlari doktori, professor G.Gulyamov, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent M.G.Dadamirzaev)
  11. “Namangan xududiy elektr ta’minoti korxonasi” AJ
  12. Norin-sirdaryo irrigatsiya xavza tizimlariga qarashli Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi
  13. Namangan viloyat Issiqlik manbai ishlab chiqarish DUK
  14. “To‘raqo‘rg‘on IES” UK
  15. O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari AJ Namangan magistral elektr tarmoqlari filiali

Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Axborot texnologiyalar markazi | NamMTI