Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Buxgalteriya hisobi va audit

Kafedra mudiri

Tursunov Ulug’bek Sativoldiyevich

Iqtisod fanlari nomzodi

Kafedra tarkibi

  • Tursunov Ulug’bek Sativoldiyevich – I.f.n., dotsent
  • Sayitboyev Shermirza Dotkamirzayevich – I.f.d., professor
  • Sharipov Botirali Rohataliyevich – I.f.n., dotsent
  • Kodirova Xadicha To’rayevna – I.f.n., dotsent
  • Yuldashev Qodirjon Mamajonovich I.f.n., dotsent
  • Boymirzayev Zokirjon Mashrabboyevich – Katta o’qituvchi
  • Mamajonov Shuxratjon Jaloliddinovich – Katta o’qituvchi
  • Xolmirzayev Abdulhamid Hafizovich – Katta o’qituvchi
  • Mamadaliyev Akmaljon G’ayrataliyevich – Assistent
  • Ishimbayev Rafael Nailyevich – Assistent
  • Yuldashev Adxamjon Axadovich – Assistent

Kafedra haqida

 1993 yilda «Iqtisod» fakulg’teti tarkibida «Marketing va buxgalteriya hisobi» kafedrasi tashkil etilib, «Sanoat korxonalarida buxgalteriya hisobi, nazorat va xo’jalik faoliyati tahlili» yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlangan. 1997 yilning 2 sentyabrida institut Ilmiy Kengashi qaroriga asosan «Marketing va buxgalteriya hisobi» kafedrasi tarkibidan «Iqtisod, buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi ajralgan va «Iqtisodiyot» bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlangan. 2001 yilda «Moliya» fakulteti tarkibida institut Ilmiy Kengashi qaroriga asosan «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi tashkil etilib, kafedra 5340900-«Buxgalteriya hisobi va audit» ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar va 5A340901-«Buxgalteriya hisobi» mutaxasisligi bo’yicha magistrlar uchun mutaxassis kafedra hisoblanadi. 2008 yil sentyabr oyidan kafedra «Iqtisod» fakulteti tarkibida faoliyat yuritgan. O’tgan qisqa davr ichida kafedra a’zolari soni shu soha bo’yicha professor va dotsentlar bilan ko’payib borgan.

 2011-yilda institut profilining o‘zgarishi va Namangan muhandislik-texnologiya instituti nomi bilan yuritila boshlashi natijasida barcha iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari kabi “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi talabalari soni ham qisqarib borgan. Natijada 2013-yilda kafedra nomi “Ishlab chiqarish korxonalarida hisob yuritishni tashkil etish” kafedrasiga o‘zgartirilgan. 2014-yilning avgust oyida “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish va iqtisodi” kafedrasiga qo‘shilgan. “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish va iqtisodi” kafedrasiga 2018-yildan boshlab i.f.n., dotsent U.S.Tursunov mudirlik qilgan. 2018-yilda kafedra tarkibidan “Marketing” kafedrasi ajralib chiqqan.

 2020-yil 18-yanvardagi navbatdan tashqari Institut kengashi qarori bilan “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish va iqtisodi” kafedrasi negizida “Iqtisodiyot” hamda “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedralari tashkil etildi hamda i.f.n., dotsent U.S.Tursunov “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri etib tayinlandi.

Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Translate »