Xitoy xalq Respublikasidagi vakillarimizdan onlayn seminar

Bugun 17-yanvar sanasida Xitoy xalq Respublikasining fan va texnologiya universitetida izlanishlar olib borayotgan vakillarimiz ishtirokida zoom dasturi orqali onlayn seminar o‘tkazildi.

Unda Xitoyda ilmiy izlanishlar olib borish uchun yaratilgan sharoitlar, universitet bo‘ylab vertual sayohat, stajirovka, talabalar almashinuvi dasturlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Xitoy fan va texnologiya universitetida 3 nafar vakillarimiz o‘z ilmiy faoliyatlarini olib borishmoqda.

Яндекс.Метрика