Muhim masalalarga bag‘ishlangan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni institut rektori Odiljon Mamatkarimov kirish so‘zi bilan ochdi.
Dastlab, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, talabalar uchun qishki ta’til muddatini 24 yanvar sanasiga qadar uzaytirilganligi munosabati bilan har bir talabani xabardor qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fan olipiadalari, turli yo‘nalishlardagi onlayn tanlov va tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bu jarayonda har bir talabani qamrab olish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari uchun maxsus o‘quv xonalarini shay xolatga keltilgani, zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan jixozlangani, malaka oshirish jarayonini fakultetlar kesimida tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilganligi ma’lum qilindi.
Shuningdek yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-sonli hamda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarorlarining mazmun mohiyati haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, yangi hafta boshidan keng qamrovdagi fan olimpiadalari, turli tanlov va viktorinalar, professor-o‘qituvchilar uchun kredit-modul tizimi bo‘yicha o‘quv-seminarlari o‘tkazilishi belgilangan.

Яндекс.Метрика